AQSh va Rossiya muzokaralari 18-fevral kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi
Siyosat
AQSh va Rossiya o‘rtasida Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar 18-fevral kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Amerika portali Axios xabar berdi.
Axios ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh delegatsiyasiga Davlat kotibi Marko Rubio, Oq uy milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts va Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff kiradi.
Fox News telekanali xabariga ko‘ra, Uitkoff va Uolts 16-fevral kuni Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan, Rubio esa 17-fevral kuni Isroildagi tashrifidan so‘ng Ar-Riyodga borishi rejalashtirilgan.
Rossiya delegatsiyasining tarkibi hali rasman tasdiqlanmagan, ammo Axios taxminlariga ko‘ra, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov muzokaralarda qatnashishi mumkin. Bloomberg agentligi xabariga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasida Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov va Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin ham bo‘lishi kutilmoqda. Muzokaralarni Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi rahbari Kirill Dmitriyev ham nazorat qiladi.
Ukraina Prezidenti Vlodimir Zelenskiy 15-fevral kuni Kiyev Saudiya Arabistonidagi uchrashuvga taklif olmaganini aytdi. Ammo Donald Tramp va Stiv Uitkoff keyinchalik Zelenskiyning ishtirok etishini ma’lum qilishdi. AQSh Davlat kotibi Marko Rubio esa CBS telekanaliga bergan intervyusida “haqiqiy muzokaralarda Ukraina va Yevropa davlatlari ishtirok etishi kerak” deb ta’kidladi.
16-fevral kuni kechqurun Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga bordi. FlightAware portali ma'lumotlariga ko‘ra, Ukraina Prezidentining samolyoti avval Germaniyadan Polshaning Jeshuv-Yasenka aeroportiga, keyin esa Abu-Dabiga uchgan. Ar-Riyodga esa atigi ikki soatlik parvoz bilan yetib borish mumkin.

Powered by Froala Editor