AQSH va Ukraina milliardlab dollarlik bitim imzolamoqda

Dunyo

Ukraina va AQSH Ukraina tabiiy resurslari, jumladan, nodir metallar, neft va gazni birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bitim Vashington va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarning bir qismi sifatida, AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiya bilan mojaroni tezroq tugatishga intilishi fonida ko‘rib chiqildi.

AQSH va Ukraina milliardlab dollarlik bitim imzolamoqda
Manbalarga ko‘ra, kelishuv doirasida Ukrainada foydali qazilmalarni ishlab chiqarishdan olingan daromadlarni yig‘ish va qayta taqsimlash bilan shug‘ullanadigan investitsiya fondi tashkil etiladi. Bitim shartlariga ko‘ra, umumiy summa 500 milliard dollarga yetgunga qadar operatsion xarajatlarni chiqarib tashlagan holda foydaning yarmi jamg‘armaga yo‘naltiriladi. Buning evaziga AQSH Ukrainaning iqtisodiy barqarorligini saqlab qolish majburiyatini oladi.

Biroq, yangi kelishuv loyihasi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi bandlarni o‘z ichiga olmaydi va ilgari Kiyevning asosiy talabi bo‘lgan qurol-yarog‘ yetkazib berishni davom ettirishni nazarda tutmaydi. Harbiy yordam masalasi muhokama qilinmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 28 fevral kuni kelishuvni imzolash uchun Vashingtonga uchib kelishi rejalashtirilgan. Bu tashrif so‘nggi haftalarda Trampning keskin bayonotlari ortidan taranglashgan Ukraina-AQSH munosabatlarida muhim bosqich bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari Vashington va Moskva o‘rtasidagi muzokaralardan xavotirda. Yevropada Tramp shartlari bilan mojaroning tezda tugashi Kremlga yon berishiga va Ukraina pozitsiyasining zaiflashishiga olib kelishidan xavotirda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing