AQSh Yaqin Sharqda harbiy kuchlarini kuchaytirmoqda
Dunyo
Vashington Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini faol ravishda kuchaytirmoqda. Eron bilan keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda mintaqaga 40 mingdan ortiq amerikalik harbiy xizmatchi va o‘nlab og‘ir texnikalar olib kelingan. Operatsiya ko‘lami xavotirli bashoratlarni keltirib chiqarmoqda.
AQSH Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini jadal sur’atlarda oshirib bormoqda. Manbalarga ko‘ra, bu Eron bilan ehtimoliy mojaroga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mart oyi oxiridan beri mintaqaga 120 dan ortiq Amerika harbiy logistika samolyotlari, jumladan, C-17 Globemaster III, C-5M Super Galaxy, C-130 Hercules, shuningdek, KC-135 va KC-46 yoqilg‘i quyish samolyotlari yetib keldi. Asosiy oqim Amerika bazalaridan, jumladan, Janubiy Koreyadagi Osan va Germaniyadagi Ramshtayn aviabazalaridan kelmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) javobgarlik zonasiga joylashtirilgan amerikalik harbiylarning umumiy soni 40 ming kishidan oshadi. Bundan tashqari, mintaqaga havo hujumidan mudofaa tizimlari va boshqa harbiy texnikalar tashlanmoqda.
Ekspertlarning fikricha, kuchlarni to‘plash ham kuch namoyishi, ham Tehron bilan ehtimoliy eskalatsiyaga tayyorgarlik bo‘lishi mumkin. Biroq hozircha Pentagon ushbu keng ko‘lamli harakatning aniq maqsadlari haqida rasman izoh bermayapti.

Powered by Froala Editor