AQSh Yaqin Sharqda qo‘shinlarini kuchaytirishni ko‘rib chiqmoqda

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Yaqin Sharqda qo‘shimcha harbiy kuchlarni joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar berdi.

AQSh Yaqin Sharqda qo‘shinlarini kuchaytirishni ko‘rib chiqmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, minglab harbiylarni yuborish muhokama qilinmoqda. Asosiy vazifalar qatorida Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft tankerlarining xavfsiz o‘tishini ta’minlash hamda Xark oroli ustidan nazorat o‘rnatish bor. Bu orol orqali Eron neft eksportining qariyb 90 foizi o‘tadi.

Shuningdek, yuqori boyitilgan uran zaxiralari ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha operatsiya ham muhokama qilinmoqda.

Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Manbalarga ko‘ra, Donald Tramp barcha variantlarni ochiq qoldirmoqda.

Mutaxassislar quruqlikdagi qo‘shinlardan foydalanish siyosiy xavflar bilan bog‘liq ekanini ta’kidlashmoqda. AQShda Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash past darajada, Tramp esa yangi mojarolardan qochishni va’da qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing