AQShda gaz narxi o'ttiz yillik eng past darajaga tushdi
Iqtisodiyot
“Financial Times” ma'lumotlariga ko'ra, Qo'shma Shtatlarda tabiiy gaz narxi rekord darajadagi slanets gazi qazib olish va talabning pasayishi fonida o'ttiz yillik eng past darajaga tushdi. Havoning isishi tufayli isitish yoqilg‘ilariga talab pasayib, tabiiy gaz narxi tushib ketdi.
“Commodity Weather Group” ma'lumotlariga ko'ra, joriy qish 2015–2016-yillar qishida o'rnatilgan avvalgi iqlim rekordidan uch daraja issiqroq.
Bundan tashqari, gaz narxiga yoqilg'i ishlab chiqarish hajmining oshishi ta'sir ko'rsatmoqda. Bu yili gaz omborlarining bandligi o‘tgan yilga nisbatan 11% ga ko‘p. Bu ba'zi ishlab chiqaruvchilarni burg'ulashni to'xtatishga majbur qilmoqda. Misol uchun, “Comstock Resources” va “Antero Resources” allaqachon burg'ulash qurilmalarini to'xtatishni e'lon qilishgan.
Qayd etilishicha, havoning isishi va omborxonalardagi zahiralarning yuqori darajasi tufayli tabiiy gaz narxining pasayishi Yevropada ham kuzatilmoqda.

Powered by Froala Editor