AQSHdan 11 million migrant deportatsiya qilinishi mumkin
Dunyo
AQSHning yangi saylangan 47-prezidenti Donald Tramp migrantlarni mamlakatdan ommaviy ravishda deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda.
Xususan, Jo Bayden joriy etgan 2 ta migratsiya dasturini yopish, AQSH hududiga legal kirib kelgan, ammo rasmiy qochoq maqomini olmaganlar, harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi xitoyliklar, narkotik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlarni mamlakatdan chiqarib yuborish kabi choralar ko'zda tutilmoqda.
Prezident administratsiyasi deportatsiya qilishga harbiylarni jalb qilish va favqulodda holat e'lon qilishga ham tayyor. Ushbu xabarlar fonida Nyu-Yorkda migrantlar soni 17 foizga, Amerika-Meksika chegarasini kesib o'tuvchilar esa rekord darajada kamaygan.
Kanada esa chegarada migrantlarning katta oqimiga qarshi kurashish uchun tayyorlanmoqda.
CBS ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi vaqtda AQSHda yashayotgan hujjatsiz migrantlar 11 milliondan ortiqni tashkil etadi.

Powered by Froala Editor