Argentina Prezidenti kutilmaganda Italiya fuqaroligini oldi

Dunyo

Argentina prezidenti Xavyer Mileyning Italiya fuqaroligiga ega bo‘lgani rasman tasdiqlandi. Ushbu maqom unga Rimga qilgan tashrifi davomida Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni tomonidan topshirildi, deb xabar beradi ANSA agentligi.

Argentina Prezidenti kutilmaganda Italiya fuqaroligini oldi
Hukumat qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda siyosatchilar bir-birlarini samimiy kutib olishdi va Meloni Mileyni yangi fuqarolik hujjati bilan taqdirladi.

Fuqarolik berilishiga prezidentning oilaviy ildizlari sabab bo‘ldi. Uning buvisi va bobosi o‘tgan asr boshlarida Argentinaga ko‘chib kelgan edi. Mileyning o‘zi avvalroq o‘zini "75 foiz italyanman" deb e’lon qilgan edi. Xuddi shunday voqea Rim papasi Fransisk hayotida ham kuzatilgan. U ham Argentinada tug‘ilgan bo‘lib, italyan ildizlariga ega.

Biroq, Melonining bu qarori Italiyadagi chap qanot muxolifat tomonidan tanqid qilindi. Opponentlar bosh vazirni tanlovli yondashuvda ayblashdi: Meloni Mileyni fuqarolik bilan taqdirlar ekan, Italiyada tug‘ilgan migrant bolalarga bunday huquqni bermayotganliklari ko'pchilikning noroziligiga sabab bo'ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing