Argentinada qashshoqlik so'nggi 20 yil ichida eng yuqori darajaga yetdi

Iqtisodiyot

Yanvar oyida Argentinada qashshoqlik darajasi so'nggi yigirma yil ichida tarixiy eng yuqori darajaga yetdi va 57,4% ni tashkil etdi.

Argentinada qashshoqlik so'nggi 20 yil ichida eng yuqori darajaga yetdi
Mamlakatning yetakchi iqtisod universitetlaridan biri bo‘lgan UCA hisobotiga ko'ra, yaqinda saylangan prezident Xaver Miley tufayli milliy valyutaning qadrsizlanishi va keyinchalik narxlarning oshishi qashshoqlik bilan bog'liq vaziyatning yomonlashishiga olib keldi. 2023-yil oxirida qashshoqlik darajasi 49,5% ni tashkil etgan bo‘lsa, yanvar oyidayoq bu ko‘rsatkich rekord darajadagi 57,4% ga o‘sdi.

Hisobotda, shuningdek, mamlakat bo‘ylab kamida 27 million kishi qashshoqlikda yashayotgani va yana 9 million kishi (jami 47,3 million aholidan) o‘ta muhtojlikda ekani qayd etilgan. Mileyning islohotlari asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishiga olib keldi, deya ta'kidlaydi UCA. O‘tgan yili mamlakatda inflyatsiya 211,4% ni tashkil etdi.

O‘tgan dekabr oyida lavozimga kirishgan Argentina prezidenti Xaver Miley mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish bo‘yicha 300 dan ortiq farmonni imzoladi. Iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun “azobli oylarga” chidash zarurligi haqida ogohlantirgandi.

Mileyning islohotlari orasida milliy valyutani 50% ga devalvatsiya qilish, energiya va transport uchun davlat subsidiyalarini qisqartirish, mehnat qonunchiligiga o‘zgarishlar kiritish kiradi. Masalan, ishga joylashish bo‘yicha sinov muddati sakkiz oygacha oshirildi, 12 soatlik ish kuniga ruxsat berildi, ta’til va ishdan bo‘shatilganlik uchun tovon puli qisqartirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing