Arktika uchun kurash: mintaqa soyadan chiqmoqda

Dunyo

Arktika mintaqasi uzoq vaqt davomida past taranglik hududi sifatida qaralgan bo‘lsa-da, bugungi kunda u Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik maydoniga aylanmoqda. Shu fon’da NATO Shimoliy Yevropada o‘z ishtirokini kuchaytirib, keng ko‘lamli harbiy va fuqarolik mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.

Arktika uchun kurash: mintaqa soyadan chiqmoqda
Tahlilchilarga ko‘ra, alyans strategik ahamiyatga ega hududda — muhim dengiz yo‘llari va katta tabiiy resurslar joylashgan Arktikada o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashga intilmoqda. Mashg‘ulotlar ekstremal iqlim sharoitida harakat qilish va inqiroz vaziyatlarida infratuzilmaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

Rossiya esa NATO harakatlarini keskin tanqid qilib, Arktikaning militarizatsiyasi uchun G‘arbni ayblamoqda. Moskva ehtimoliy dengiz blokadasi rejalari haqida gapirib, «simmetrik va assimetrik» javob choralarini ko‘rishga tayyorligini bildirgan.

Vaziyatni yana murakkablashtirayotgan omillardan biri — Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi hamkorlikning deyarli to‘xtab qolganidir. Shu bilan birga, Xitoyning mintaqadagi roli ortib borayotgani Arktikani yanada beqaror hududga aylantirmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, NATO faoliyati oshayotganiga qaramay, alyansning Arktikadagi resurslari hozircha cheklangan bo‘lib, bu kuchlar muvozanatida noaniqlikni kuchaytiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing