Armaniston yana Ozarbayjon pozitsiyalarini o‘qqa tutdi

Dunyo

Arman harbiy bo‘linmalari 23-fevral kuni Basarkechar tumanidagi Yuxari Sho‘rja aholi punkti yaqinidagi pozitsiyalardan Kalbajar viloyatining Ellija aholi punkti yo‘nalishida joylashgan Ozarbayjon qo‘shinlarining pozitsiyalariga o‘q uzdi.

Armaniston yana Ozarbayjon pozitsiyalarini o‘qqa tutdi
Vaziyat yanada keskinlashmasligi va ikki davlat chegarasida barqarorlikni ta'minlash maqsadida Ozarbayjon harbiylari javob choralarini ko'rmadilar.

"Biz Armaniston harbiy rahbariyatini vaziyatni nazoratdan chiqarishga va so'nggi besh oy ichida chegarada hukmronlik qilgan barqarorlikni buzishga qaratilgan bunday provokatsiyalarga yo'l qo'ymaslikka chaqiramiz. Biz ushbu harakatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash va jazolashni talab qilamiz", — deyiladi boyonotda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing