Bahodir Jalolov ikkinchi marta Olimpiada finaliga yo'l oldi

Sport

Tokio-2020 Yozgi Olimpiya o'yinlari chempioni Bahodir Jalolov yana bir bor Olimpiada finaliga chiqdi.

Bahodir Jalolov ikkinchi marta Olimpiada finaliga yo'l oldi
Superog'ir vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz, nemis Nelvi Tiafakni mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Endi Jalolov ikkinchi marta Olimpiya chempioni unvoni uchun ringga ko'tariladi va u fransuz Djamil-Dini Moindze va ispan Ayub Gadfay o'rtasidagi jang g'olibi bilan kurashadi.

Bu Jalolov uchun katta yutuq bo'lib, u O'zbekiston boksining kuchini yana bir bor isbotladi. Butun O'zbekiston undan yangi zafarlar kutmoqda va unga omad tilamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing