Asia Alliance Bank vakillari Saudiya Arabistonida ITBning yillik anjuman yig‘ilishida ishtirok etdi
Iqtisodiyot
Shu kunlarda Ar-Riyodda Islom taraqqiyot bankining yillik an‘anaviy yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O’zbekiston tomonidan Asia Alliance Bank vakillari ham ishtirok etib, hamkorlikni yanada kengaytirish va moliyashtirish liniyalarini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishmoqda. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhining xususiy sektor vakillari, jumladan, Islom investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (ICIEC), Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) Islom taraqqiyot bankining yubileyini nishonlash maqsadida forum o'tkazmoqda.
Asia Alliance Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari Akmal Mansurov ICIEC, ICD va ITFC vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Muzokaralarda hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro o‘sish va rivojlanish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan turli mavzular muhokama qilindi. Shuningdek, ICIEC bilan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish va bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Forumda xalqaro kompaniyalar, moliya institutlari, Savdo-sanoatpalatalari, xo‘jalik birlashmalari, investisiya agentliklari raislari va rahbarlari, yakka tartibdagi investorlar va tadbirkorlardan iborat 2500 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

Powered by Froala Editor