Asia Pharm Group va Novamed Pharmaceutical 6 mln AQSh dollarlik kelishuvni imzoladi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Islomobod shahriga davlat tashrifi hamda O‘zbekiston–Pokiston qo‘shma biznes forumi doirasida Asia Pharm Group va Novamed Pharmaceutical kompaniyalari o‘rtasida investitsiya kelishuvi imzolandi.
Kelishuv Parkent pharma park erkin iqtisodiy zonasi hududida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni nazarda tutadi. Loyihaning umumiy qiymati 6 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
Mazkur loyiha farmatsevtika sohasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor