Asr loyihasi: Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li Turk davlatlari tashkiloti uchun muhim transport yo‘lagi bo‘ladi

Iqtisodiyot

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘l magistrali Markaziy Osiyodagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri bo‘lib, butun Turk dunyosining transport integratsiyasida muhim o‘rin tutadi. Bu haqda Turk davlatlari tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev Sputnik O‘zbekiston’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Asr loyihasi: Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li Turk davlatlari tashkiloti uchun muhim transport yo‘lagi bo‘ladi
Omuralievning so‘zlariga ko‘ra, loyiha yaqin yillarda o‘zining maksimal samaradorligini ko‘rsatadi va mintaqadagi eng muhim transport yo‘lagiga aylanadi.

«U tez orada eng samarali va real transport koridoriga aylanishi kutilmoqda», — dedi TDT bosh kotibi.

Mazkur temir yo‘l Xitoyni Qirg‘iziston orqali O‘zbekiston bilan bog‘laydi va Osiyodan Yevropaga yuk tashishning eng qisqa yo‘lini yaratadi. Mutaxassislar fikricha, loyiha mintaqaviy savdo va logistika aloqalarini yanada mustahkamlaydi hamda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing