“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yiliga mo'ljallangan davlat dasturi qabul qilindi
O'zbekiston
“O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko'chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish;
aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta'minlash;
o'simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko'paytirish va keyingi avlodga yetkazish hamda biologik xilma-xillikni saqlash;
“yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni iqlim o'zgarishiga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish;
respublika energobalansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yirik “yashil energiya” stansiyalarini barpo etish, hududlarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog'ini kengaytirish, aholi xonadonlarida quyosh panellarini o'rnatishni rag'batlantirish.

Powered by Froala Editor