Sadoqatdan qarshilikka: Marjorie Taylor Greene Kongressdan ketishini aytdi

Dunyo

AQShning Jorjiya shtatidan saylangan kongress ayoli Marjorie Taylor Greene 2026-yil 5-yanvarda Vakillar palatasini tark etishini ma’lum qildi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaatida xabar berib, “yangi yo‘lni boshlash vaqti kelganini” aytdi hamda prezident Donald Trampning “haqoratli hujumlarini” bundan buyon toqat qilmasligini ta’kidladi.

Sadoqatdan qarshilikka: Marjorie Taylor Greene Kongressdan ketishini aytdi
Greenenng bayonoti AQSh Adliya vazirligining vafot etgan moliyachi va sudlangan pedofil Jeffri Epsteinga oid hujjatlarini ochiqlash masalasida yuzaga kelgan keskin mojaroning cho‘qqisi bo‘ldi. Avvallari Trampning eng ashaddiy tarafdorlaridan biri bo‘lgan Greene bu safar demokratlar pozitsiyasini qo‘llab, ish bo‘yicha to‘liq shaffoflikni talab qildi.

Mojaro Greene Tramp ma’muriyati va shaxsan prezidentning hujjatlarni yashirishga uringani haqida ayblovlar qo‘ygach avj oldi. Tramp javoban Greenenni tanqid qildi va bu, kongress ayolining so‘zlariga ko‘ra, “so‘nggi nuqta” bo‘lgan.

Epstein qurbonlari va bir qator respublikachilar bosimidan so‘ng Tramp o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi va hujjatlarni oshkor etishni qo‘llab-quvvatladi. Shundan so‘ng hujjatlarni e’lon qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Kongressning ikki palatasi tomonidan katta ustunlik bilan qabul qilindi.

Pozitsiyalarning keskin farqi Tramp va uning sobiq ittifoqchisi Greene o‘rtasidagi aloqalarni sovutib yubordi. Endi Greene Kongressni tark etishga qaror qilar ekan, respublikachilar strategiyasini tanqid qilib, oraliq saylovlarda partiyaning muvaffaqiyatsizlikka uchrashini bashorat qilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing