G20 sammiti Janubiy Afrikada boshlandi: yakuniy deklaratsiya kelishildi, yopiq muzokaralar boshlandi
Siyosat
G20 sammiti shanba kuni Janubiy Afrikada o‘z ishini boshladi. Ochilish marosimida nutq so‘zlagan mamlakat prezidenti Siril Ramafosa Johanesburg Afrika va Global Janub manfaatlari xalqaro kun tartibida aks etishini ta’minlashga intilishini ta’kidladi.
Ramafosaga ko‘ra, ishtirokchi davlatlar allaqachon yakuniy deklaratsiya bo‘yicha kelishuvga erishgan. U bu holatni “ko‘p tomonlamachi yondashuvning dolzarbligini dunyoga ko‘rsatadigan signal” va “tinchlik hamda birdamlik ramzi” deb atadi. Hujjatda davlatlarning qarz yuklamasi, xalqaro institutlarni isloh qilish, energiya o‘tishi va global geosiyosiy keskinlik kabi masalalar yoritilgan.
Bloomberg’ning xabar berishicha, sammitdagi muzokaralar yopiq formatga o‘tgan. Avvalroq agentlik deklaratsiya loyihasi bilan tanishib, unda asosiy metallarning yetkazib berilishini bir tomonlama savdo choralaridan himoya qilishga chaqiriq borligini ma’lum qilgan edi.
Shanba kuni sammitga Buyuk Britaniya, Kanada, Efiopiya, Braziliya, Italiya, Turkiya, Xitoy, Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Janubiy Koreya va Hindiston rahbarlari yetib keldi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Janubiy Afrika hukumatini oq tanli ozchilikning huquqlarini buzishda ayblab, ishtirok etmaslikka qaror qildi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, sammit doirasida Germaniya kansleri Fridrix Merts, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Ukrainaning hozirgi vaziyatini hamda AQShning tinchlik rejasiga munosabatni muhokama qilishi mumkin.

Powered by Froala Editor