Aziza Zokirova yarim finalga chiqdi: O‘zbekistonning g‘alabali seriyasi davom etmoqda

Sport

O‘zbekiston bokschilari Liverpulda o‘tayotgan jahon chempionatida g‘alabali yurishini davom ettirmoqda. Kechagi janglarda ringga chiqqan barcha 9 sportchimiz raqiblarini yengdi.

Aziza Zokirova yarim finalga chiqdi: O‘zbekistonning g‘alabali seriyasi davom etmoqda
Eng muhim natijani –70 kg vazn toifasida Aziza Zokirova qayd etdi. U germaniyalik Leonie Myullerni mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi va kamida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu joriy chempionatda O‘zbekiston terma jamoasining ilk medali bo‘ldi.

Shuningdek, Feruza Kazakova (–51 kg), Sitora Turdibekova (–60 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (–55 kg), Javohir Ummataliyev (–80 kg), Sabina Bobokulova (–48 kg), Shodiyorjon Melikuziev (–50 kg), Asadxuja Muydinxujaev (–65 kg) va Akmaljon Isroilov (–85 kg) ham g‘alabaga erishdi. Ularning barchasi jangni 5:0 hisobida yakunladi.

Bugun esa yana 14 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Ularning raqiblari bilan tanishing:

-54 kg: Nigina Oʻktamova — Yoseline Perez (AQSH)
-60 kg: Sitora Turdibekova — Viktoriya Grafeyeva (Qozogʻiston)
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Nupur (Hindiston)
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Tady Joyse (Irlandiya)
-70 kg: Shavkatjon Boltayev — Zeyad Eashash (Iordaniya)
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Nurbek Oralbay (Qozogʻiston)
-90 kg: Toʻrabek Xabibullayev — Sagʻindik Togʻambay (Qozogʻiston)
-51 kg: Feruza Kazakova — Mungunsaran Balsan (Moʻgʻiliston)
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Jasmin (Hindiston)
-65 kg: Navbahor Hamidova — Sacha Hikkey (Angliya)
-60 kg: Abdumalik Xalokov — Bibars Jeksen (Qozogʻiston)
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — Yertugʻan Zeinulinov (Qozogʻiston)
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Hamza Sriri (Belgiya)
+90 kg: Jahongir Zokirov — Omar Shiha (Norvegiya)

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing