Bahrayn-2025: Hamyurtlarimiz ikki bronza bilan kunni yakunladi
Sport
Bahraynda o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining bugungi kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ikki bronza medali bilan yakunlandi. Mukofotlar og‘ir atletika bahslarida qo‘lga kiritildi.
Bugun o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Bahraynda o‘tayotgan Osiyo yoshlar o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Munisa Odilova – 48 kg vazn toifasida (siltab ko‘tarish),
Hayotbek Ermatov – 71 kg vazn toifasida (siltab ko‘tarish) bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasi umumjamoa hisobida 14 ta oltin, 5 ta kumush va 11 ta bronza bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam — Xitoy terma jamoasi.
Bugun esa hamyurtlarimiz boks, suzish, gandbol, og‘ir atletika, futzal, erkin kurash va velosport kabi yetti yo‘nalishda musobaqalarga chiqadi.

Powered by Froala Editor