Bahrayn-2025: O‘zbekiston beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi va ringda porladi

Sport

Bahraynda davom etayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi uchun bugungi kun muvaffaqiyatli bo‘ldi. Sportchilarimiz besh oltin medalni qo‘lga kiritdi, shuningdek, besh bokschimiz yarim finalga chiqdi. Natijada jamoamiz umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Bahrayn-2025: O‘zbekiston beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi va ringda porladi
Bahraynda bo‘layotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Kechagi boks bahslarida 6 nafar vakilimiz ringga chiqib, shulardan besh nafari g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bokschilarimiz natijalari:
−50 kg: Nazokat Mardonova — Maral To‘lepbergen (Qozog‘iston) ustidan 5:0
−54 kg: Kumriniso Muhammadova — Vu Chie-Ju (Tayvan) ustidan 5:0
−60 kg: Rushanabonu Isoeva — Indira Kidirmoldayeva (Qozog‘iston) ustidan texnik nokaut
−66 kg: Ulbusin Jalg‘asbayeva — Nannaphat Mungpingklang (Tailand) ustidan 5:0
−46 kg: Abdug‘ani Yo‘rkinjonov — Abdurahim Ovezguliyev (Turkmaniston) ustidan 5:0

Shuningdek, bugungi kun O‘zbekiston sportchilari uchun oltinli kun bo‘ldi. Ular besh oltin va bir kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Oltin medallar:
Omadbek Otabekov (taekvondo WT, −63 kg);
Asadbek Turdiboyev (muay-tay, U15, −51 kg);
Muzffar Norxodjayev (muay-tay, U17, −54 kg);
Parizoda Talabova (yengil atletika, nayza uloqtirish);
Anastasiya Silchenkova (yengil atletika, 3000 metr)

Kumush medal:
Asadbek Samandarov (taekvondo WT, −55 kg)

Hozircha O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy hisobda 14 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medal bilan ikkinchi o‘rinda, Xitoydan keyin joylashgan.

Bugun esa sportchilarimiz suzish, 3x3 basketbol, og‘ir atletika, voleybol, tuya chopish va velosport musobaqalarida qatnashadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing