Bahrayn-2025: O‘zbekiston bir kunda 22 ta medalni qo‘lga kiritdi

Kechagi kun Bahraynda o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi uchun haqiqiy tarixiy kun bo‘ldi. Sportchilarimiz 13 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza, jami 22 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu natija yosh sportchilarimizning kuchi va g‘alabaga bo‘lgan ishonchini yana bir bor isbotladi.

Bahrayn-2025: O‘zbekiston bir kunda 22 ta medalni qo‘lga kiritdi
Oltin:
- Dilnura Xoldorova (og‘ir atletika, –77 kg, dast va siltab ko‘tarish)
- Abdug‘ani Yorqinjonov (boks, –46 kg)
- Rushanabonu Isoyeva (boks, –60 kg)
- Ibrohim Shokirjonov (boks, –60 kg)
- Diyorbek Murodillayev (boks, –75 kg)
- Asadbek Sultonov (boks, +80 kg)
- Gulsanam Hazratova (dzyudo, –57 kg)
- Mirzohid Xudoyqulov (dzyudo, –73 kg)
- Samandar Sunnatov (dzyudo, –81 kg)
- Jo‘rabek Eshpo‘latov (dzyudo, –90 kg)
- Alibek Durdiyev (dzyudo, +90 kg)
- Hasanboy Xolmuratov (og‘ir atletika, +94 kg, dast ko‘tarish)

Kumush:
- Qumriniso Muhammadova (boks, –54 kg)
- Saidxo‘ja Sadillaxo‘jayev (boks, –66 kg)
- Samira Turg‘unova (boks, –75 kg)
- Abbosbek Axrolov (og‘ir atletika, –94 kg, dast ko‘tarish)
- Shohista To‘rayeva (dzyudo, –70 kg)
- Xonzodabegim Usmonqulova (dzyudo, +70 kg)

Bronza:
- Maftuna Ahmedova (dzyudo, –63 kg)
- Mohinur Esonboyeva (og‘ir atletika, +77 kg, siltab ko‘tarish)
- Ziyoda Shomurodova (jiu-jitsu, –63 kg)

O‘zbekiston sportchilari Bahrayndagi musobaqalarda kuchli raqobat fonida yana bir bor o‘z ustunligini ko‘rsatishdi. Bu kun delegatsiyamiz uchun haqiqiy “oltin sahifa” bo‘lib tarixda qoladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing