Bank sektori foydasi 6 trln so'mgacha oshdi

Iqtisodiyot

2023-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, sof foyda bo‘yicha yetakchilar Milliy bank, Ipoteka-bank va Kapitalbank bo‘ldi. Banklarning umumiy sof foydasi 27% ga oshdi.

Bank sektori foydasi 6 trln so'mgacha oshdi
Foto: Bright Uzbekistan
Bankers.uz internet-nashri maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun (2-chorak)da Oʻzbekistondagi 35 ta tijorat bankining umumiy sof foydasi 6 trln soʻmdan oshdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkich 1,3 trln so‘mga (+27%) ko'paygan.

Sof foyda bo'yicha 10 ta eng kuchli banklar:

• O'zMilliybank — 1,2 trln so‘m (+21%);
• Ipoteka-bank — 705,8 mlrd so‘m (+16%);
• Kapitalbank — 687,3 mlrd so‘m (+41%);
• Hamkorbank — 539,5 mlrd so‘m (+69%);
• Ipak yo‘li banki — 415,9 mlrd so‘m (+60%);
• O‘zsanoatqurilishbank — 396,6 mlrd so‘m (-5%);
• Trastbank — 380,7 mlrd so‘m (+15%);
• Oriet Finance Bank — 289,4 mlrd so‘m (+48%);
• Aloqabank — 201,3 mlrd so‘m (+81%);
• Davr-bank — 197,5 mlrd so‘m (+124%).

Foto: Bankers.uz

Belgilangan davrda “O‘zagroeksportbank” — 24,2 mlrd so‘m, “Uzumbank” — 4,6 mlrd so‘m, “Ravnaq bank” — 3,5 mlrd so‘m va “Tenge bank” — 0,9 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing