Baxtiyor Saidov: Anqaraga tashrif O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari jadal sur’atlarda rivojlanayotganidan dalolat beradi

Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Anqaraga tashrifi va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvlari O‘zbekiston va Turkiya o’rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi, deydi O‘zbekiston TIV Baxtiyor Saidov.

Baxtiyor Saidov: Anqaraga tashrif O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari jadal sur’atlarda rivojlanayotganidan dalolat beradi
“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Anqaraga amalga oshirgan tashrifi va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Janobi Oliylari bilan bo‘lgan samimiy uchrashuvlarning boy kun tartibi O‘zbekiston-Turkiya ikki tomonlama munosabatlar jadal sur’atlarda rivojlanayotganidan dalolat beradi. Hech shubhasiz, Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya va imzolangan o‘nlab hujjatlar mamlakatlarimiz xalqlari uchun eng yaxshi natijalarga erishishga qaratilgan munosabatlarimizda yangi sahifa ochadi. Hamkasbim, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan janoblari bilan birgalikda O‘zbekiston va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishda barcha imkoniyatlarini ishga solishlarini ta’minlaymiz”, — deb yozdi u oʻzining Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an raisligida O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi, O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat rahbarlari Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing