Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya Xavfsizlik vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi
Siyosat
Uchrashuvda ikki tomonlama salohiyatni oshirish, tajriba almashish, mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Kecha, 24-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Londonga tashrifi davomida Buyuk Britaniya Xavfsizlik vaziri Tom Tugendxat bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Saidov oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Buyuk Britaniya Xavfsizlik vaziri va Parlamenti a’zosi Tom Tugendxat janoblari bilan samimiy suhbatlashdik”, deb yozdi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri.
Unga koʻra, muloqot davomida salohiyatni oshirish, tajriba almashish, mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
“Eng muhimi, xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida xizmat qilish masalalari muhokamamiz markazida bo‘ldi”, deydi Baxtiyor Saidov.

Powered by Froala Editor