Baxtiyor Saidov Devid Kemeron bilan uchrashdi

Siyosat

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi. Bu haqda O'zbekiston TIV rahbari o'z telegram sahifasida ma'lum qildi.

Baxtiyor Saidov Devid Kemeron bilan uchrashdi
“Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi etib tayinlangan Devid Kemeron janoblari bilan uchrashib, O‘zbekiston - Birlashgan Qirollik hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishdan mamnunmiz", deyiladi Saidov xabarida.

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni barcha sohalarda mustahkamlash borasida kelgusidagi sa’y-harakatlar, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing