Baxtiyor Saidov Turkiy investitsiya fondi prezidenti bilan uchrashdi
Siyosat
Uchrashuvda TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy investitsiya fondi prezidenti va Turkiy davlatlar tashkiloti sobiq bosh kotibi Bag‘dod Amreev bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Turkiy investitsiya fondi prezidenti va Turkiy davlatlar tashkiloti sobiq bosh kotibi Bag‘dod Amreev janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida moliyaviy aloqalar va sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdik”, deydi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri.

Powered by Froala Editor