Bayden ertaga Oq uyda Zelenskiy bilan uchrashadi

Siyosat

Zelenskiy 11-dekabr kuni amaliy tashrif bilan AQShga boradi. Vashingtonda muhokama qilinadigan asosiy mavzular Ukraina va AQShning mudofaa sohasidagi keyingi hamkorlik, xususan, qurol-yarogʻ va havo hujumidan mudofaa tizimlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalar, shuningdek, 2024-yilda mamlakatlar oʻrtasidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish boʻladi.

Bayden ertaga Oq uyda Zelenskiy bilan uchrashadi
AQSh Prezidenti Jo Bayden Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni 12-dekabr kuni Oq uyda uchrashuvga taklif qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pyer yozma bayonotida ma'lum qilindi, deya yozmoqda TASS.

“Prezident Bayden Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni 12-dekabr, seshanba kuni Oq uyda uchrashishga taklif qildi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. Ta'kidlanishicha, ikki davlat rahbarlari Ukrainaning hozirgi ehtiyojlarini va "o‘ta og‘ir pallada Qo‘shma Shtatlar tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlanishi zarurligini" muhokama qiladi.

Oq uy matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, Bayden "Qo'shma Shtatlarning Ukraina xalqini qo'llab-quvvatlashga sodiqligini ta'kidlamoqchi".

Zelenskiyning Vashingtonga avvalgi tashrifi 21-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Ukraina Prezidenti Vashingtonda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etgandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing