Bayden: "Dunyo yetakchisi faqat AQSh bo'lishi mumkin"

Dunyo

AQSh Prezidenti Jo Bayden, dunyo yetakchiligiga faqatgina Qo'shma Shtatlar da'vo qilishi mumkinligini ta'kidladi.

Bayden: "Dunyo yetakchisi faqat AQSh bo'lishi mumkin"
Jo Bayden 19-avgust kuni AQSh Demokratik partiyasining Chikagoda bo'lib o'tgan milliy s'yezdida so'zga chiqib, Amerika dunyo yetakchiligini davom ettirishi kerakligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, AQShsiz dunyo yetakchisi yo'q va bu ro'y berishi mumkin emas.

Bayden, sobiq prezident va respublikachilar nomzodi Donald Trampni tanqid qilib, uning Amerikani muvaffaqiyatsiz deb atashini qoraladi. "Tramp Amerikani muvaffaqiyatsizlikka uchragan mamlakat deb ataydi, bu esa butun dunyoga noto'g'ri signal yuboradi," dedi Bayden.

U shuningdek, Amerika Trampning prezidentligi davridan ko'ra hozirda xavfsizroq va rivojlanganligini ta'kidladi. "Tramp Amerikada jinoyatchilik haqida yomon ko'rinish berib kelmoqda, aslida esa jinoyatlar soni kamaygan," dedi u.

Baydenning fikriga ko'ra, kelgusi prezident saylovlarida Demokratlar nomzodi Kamala Harris muvaffaqiyatga erishishi mumkin. S'yezdning kulminatsiyasi 22-avgust kuni Harrisning rasmiy nomzodligi e'lon qilinishi bilan yakunlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing