Bayden G'azo uchun yangi uch bosqichli tinchlik rejasini e'lon qildi
Dunyo
Prezident Jo Bayden 31-may kuni Isroil tomonidan HAMAS jangarilariga taklif qilingan uch bosqichli bitim haqida batafsil ma’lumot berdi. Uning aytishicha, bu G‘azoda qolgan garovga olinganlarni ozod qilishga olib keladi va Yaqin Sharqdagi qariyb 8 oylik urushga barham berishi mumkin, deya xabar bermoqda Associated Press.
Demokratik prezident Oq uydagi chiqishida bu taklifni uzoq muddatli sulhga va barcha garovga olinganlarni ozod qilishga olib keladigan "yo'l xaritasi" deb atadi.
Baydenning so'zlariga ko'ra, taklif qilingan bitimning birinchi bosqichi olti hafta davom etadi hamda "to'liq va yakuniy sulh", Isroil qo'shinlarini G'azoning barcha aholi zich joylashgan joylaridan olib chiqish va yuzlab falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga bir qator garovga olinganlarni, shu jumladan ayollar, qariyalar va yaradorlarni ozod qilishni o'z ichiga oladi. Ushbu bosqichda amerikalik garovga olinganlar ozod qilinadi va o'ldirilgan garovga olinganlarning qoldiqlari ularning oilalariga qaytariladi. Birinchi bosqichda insonparvarlik yordamining hajmi keskin oshadi: Ga’zo sektoriga har kuni 600 ta yuk mashinasi kiradi.
Ikkinchi bosqichda tirik qolgan barcha garovga olinganlar, shu jumladan erkak askarlar ozod qilinadi va Isroil qo‘shinlari G‘azodan chiqib ketadi.
Uchinchi bosqich G‘azoni qayta tiklashni ko‘zda tutadi va uni vayronagarchilikdan o'nlab yillar davomida tiklash kerak bo’ladi.
Bosh vazir Netanyaxu o‘z bayonotida maqsadga to’liq erishilmaguncha, jumladan, barcha garovga olinganlar qaytarilmaguncha va HAMASning harbiy va boshqaruv imkoniyatlari batamom yo‘q qilinmaguncha urush to‘xtamasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur reja Isroilga bu tamoyillarga amal qilish imkonini beradi.
HAMAS, o'z navbatida, bu taklifga "ijobiy" munosabatda ekanligini aytdi, chunki u doimiy sulh tuzish, Isroil qo'shinlarini G'azodan olib chiqish, tiklash va mahbuslarni almashtirishga chaqiriqlarni o'z ichiga oladi.
HAMAS tomonidan boshqariladigan SSV ma'lumotlariga ko'ra, mojaro boshlanganidan beri G'azo bo'ylab 36 mingdan ortiq kishi halok bo'lgan. Urush o’tgan yili oktyabr oyida boshlandi, HAMAS jangarilari Isroilga misli ko'rilmagan hujum uyushtirishdi, 1200 ga yaqin odamni o'ldirishdi va G’azoga 252 kishini garovga olib ketishdi.

Powered by Froala Editor