Bayden: Tramp Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo'ladi

Siyosat

Sobiq prezident Donald Tramp Nyu-Gempshirdagi praymerizda deyarli 55% ovoz bilan g‘alaba qozondi.

Bayden: Tramp Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo'ladi
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Donald Tramp prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lishini aytdi, deb yozmoqda “Politico” axborot agentligi.

Ayni damda Tramp Nyu-Gempshir shtatida bo‘lib o‘tgan praymerizda 55% ga yaqin ovoz to‘plagan holda AQSh prezidentligi uchun g‘alaba qozonmoqda. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lishi aniq bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Bayden Nyu-Gempshirda saylov byulletenida bo‘lmagan va bu shtatda saylovoldi tashviqotini o‘tkazmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing