Baydenning qirol Abdulloh II bilan uchrashishi kerak bo‘lgan Iordaniyaga tashrifi qoldirildi

Siyosat

Iordaniya AQSh Prezidenti Jo Bayden hamda Misr va Falastin hukumati rahbarlari ishtirokidagi to‘rt tomonlama sammitni bekor qildi.

Baydenning qirol Abdulloh II bilan uchrashishi kerak bo‘lgan Iordaniyaga tashrifi qoldirildi
Iordaniya 18-oktyabrga belgilangan G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha to‘rt tomonlama sammitni bekor qildi, deb xabar berdi Al-Jazeera mamlakat Tashqi ishlar vaziri Ayman as-Safadiyga tayanib.

Uchrashuvda AQSh Prezidenti Jo Bayden, Iordaniya qiroli Abdulloh II, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Falastin hukumati rahbari Mahmud Abbos ishtirok etishi kerak edi.

Iordaniya Tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, bu qaror Falastin, Misr va AQSh bilan maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilingan.

Avvalroq, Mahmud Abbos sammitda ishtirok etishdan bosh tortgan edi. “The Times of Israel” manbasiga ko‘ra, Falastin ma’muriyati rahbari G‘azo sektoridagi shifoxonaga qilingan hujumga norozilik sifatida shunday qilgan. Oq uy Baydenning Iordaniyaga safari bekor qilinganini ham tasdiqladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing