Belarus Prezidenti saylovlari 26-yanvarga belgilandi
Siyosat
Belarus Respublikasi prezidenti saylovlari 2025-yil 26-yanvarda bo‘lib o‘tadi. Ushbu qarorni Belarus parlamentining Vakillar palatasi e’lon qildi. Mamlakatni 30 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko hali yettinchi muddatga nomzodini qo‘yish to‘g‘risida rasmiy bayonot bermadi, ammo ko‘plab sharhlovchilarning fikricha, u hokimiyatdan voz kechmoqchi emas.
2020-yilgi saylovlar tarixiy norozilik namoyishlari fonida o‘tgan edi. Ushbu namoyishlar kuch bilan bostirilgan va muxolifat yetakchilari yoki mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan, yoki qamoqqa olingan. Yevropa Ittifoqi va AQSh Belarusdagi saylov natijalarini tan olmagan.
Lukashenko rasmiy ravishda 2020-yilda 80% ovoz olgan deb e’lon qilingan, ammo muxolifat saylovlarning soxtalashtirilganini ta’kidlab, natijalarni rad etgan. Hozirgi kunga kelib, mamlakatda mingdan ortiq siyosiy mahbuslar bor, jumladan Nobel mukofoti laureati Ales Belyatskiy ham qamoqda.
Belarus va Rossiya o‘rtasidagi yaqin ittifoq tufayli Rossiya o‘zining taktik yadroviy qurollarini Belarus hududida joylashtirgan va Ukrainaga qarshi hujumlarda belarus hududidan foydalanilgan.

Powered by Froala Editor