Samarqand aeroportida yo'lovchilar uchun yangi bepul xizmat paydo bo’ldi
O'zbekiston
Bundan buyon yo‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tishdan avval o‘z yuklarining og’irligini tortishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Samarqand xalqaro aeroportining matbuot xizmati xabar berdi.
"Endi har bir yo'lovchi ro'yxatdan o'tishdan oldin o'z yuklarini tortishi va yuk tashish standartlariga javob berishiga ishonch hosil qilishi mumkin. Agar kerak bo'lsa, tarozi yonidagi maxsus stolda narsalarni qayta taqsimlashtirishi mumkin",— deyiladi xabarda.
Avvalroq Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi iyun oyining ikkinchi yarmida Siandan Samarqandga yangi havo yo‘nalishini ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.
Avvalroq Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi iyun oyining ikkinchi yarmida Siandan Samarqandga yangi havo yo‘nalishini ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.
Powered by Froala Editor