Berlusconi Finanziaria prezidenti Paolo Berluskoni bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi
Iqtisodiyot
29-yanvar kuni Rim shahrida italiyalik hamkorning taklifiga asosan, BMB HOLDING Ta’sischilar kengashi raisi Bekzod Mamatqulov hamda uning yaqin hamkori, BERLUSCONI FINANZIARIA kompaniyasi Prezidenti Paolo Berluskoni o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, BERLUSCONI FINANZIARIA kompaniyasi bugungi kunda Italiya hamda qator Yevropa mamlakatlarida vodorod va ammiak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat korxonalari qurilishi bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Shuningdek, kompaniya suv sathida quyosh elektr stansiyalarini qurish yo‘nalishida 15-yildan ortiq vaqtdan beri samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Bundan tashqari, umumiy qiymati 1,5 milliard yevro bo‘lgan yangi yirik aeroport qurilish loyihasi ham BERLUSCONI FINANZIARIA tomonidan amalga oshirilmoqda, bu kompaniyaning sanoat va infratuzilma sohasidagi salmoqli tajribasini namoyon etadi.
Muzokaralar davomida tomonlar mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish hamda Yevropaning zamonaviy texnologiyalari va ilg‘or tajribalarini joriy etish yo‘nalishlarida keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Jumladan, italiyalik hamkor bilan erishilgan kelishuvlarga asosan, O‘zbekistonda maishiy va xavfli chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihasini amaliyotga tatbiq etishni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Samarali va do‘stona ruhda o‘tgan muloqot yakunlariga ko‘ra, Bekzod Mamatqulov yaqin kelajakda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, tog‘-kon, foydali qazilmalar, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish loyihalarini mamlakatimizda amalga oshirish hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida janob Paolo Berluskonini O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Powered by Froala Editor