Bill Geyts boyligining 99 foizini xayriya ishlariga sarflamoqchi

Biznes

Bill Geyts 2045-yilga borib 200 milliard dollarga yetishi mumkin bo‘lgan boyligining katta qismini Afrikada sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirishini aytdi. Bu haqda u Efiopiya poytaxti Addis-Abebeda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

Bill Geyts boyligining 99 foizini xayriya ishlariga sarflamoqchi
Microsoft asoschilaridan biri Bill Geytsning ma’lum qilishicha, uning jamg‘armasi 2045 yilgacha o‘z faoliyatini yakunlaydi va shaxsiy kapitalning 99 foizi xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi. "Ushbu mablag‘larning aksariyati Afrikadagi muammolarni hal qilishga yo‘naltiriladi," - dedi u Afrika ittifoqi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan tadbirda.

Geyts onalar salomatligi va 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ovqatlanishiga sarmoya kiritish muhimligini ta’kidladi. U sog‘liqni saqlashda sun’iy intellektdan foydalanishga alohida e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afrika bir vaqtlar an’anaviy bank sektoridan "sakrab o‘tib," to‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil to‘lovlarga o‘tgan bo‘lsa, endi sun’iy intellektga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimlarini yaratishda ham oldinda bo‘lishi mumkin.

Geyts ta’kidladi:
O‘lganimdan keyin meni boy o‘lgan deyishlarini istamayman.

Biroq, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, hatto kapitalning 99 foizi o‘tkazilgandan keyin ham u milliarder bo‘lib qolaveradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing