«Birlik kuchi — 2026» mashg‘ulotlarida desant tushirish va kemani ozod qilish amaliyotlari bajarildi
O'zbekiston
O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon «Birlik kuchi — 2026» qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Unda uch mamlakat harbiy xizmatchilari turli o‘quv-jangovar ssenariylar bo‘yicha amaliy vazifalarni bajarib, quruqlikdagi bo‘linmalar, aviatsiya, artilleriya va harbiy-dengiz kuchlarining o‘zaro hamkorligini mashq qilmoqda.
Mashg‘ulotlarning navbatdagi bosqichida artilleriya bo‘linmalari shartli terrorchi guruhlarning tayanch punktlari, pana joylari va boshqa harbiy obyektlariga o‘t ochdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar vertolyotlardan desant tushirish, operativ pozitsiyalarni egallash va shartli terrorchi guruhlarni zararsizlantirish bo‘yicha vazifalarni bajardi. Aviatsiya vositalari bilan quruqlikdagi bo‘linmalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulotlarning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik doirasida Kaspiy dengizining Ozarbayjon sektoridagi «Böyük-Zirə» o‘quv poligonida ham treninglar o‘tkazildi. Unda uch mamlakat harbiylari hamda Ozarbayjon Harbiy-dengiz kuchlarining patrul va desant kemalari ishtirok etdi.
Harbiylar dengiz va qirg‘oq infratuzilmasini qo‘riqlash, terrorchilar tomonidan egallab olingan kema va garovdagilarni ozod qilish, hududni minalardan tozalash, orolga dengiz desantini tushirish va shartli terrorchilar bazasini yo‘q qilish bo‘yicha vazifalarni bajardi. Shuningdek, yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni evakuatsiya qilish mashq qilindi.
«Birlik kuchi — 2026» mashg‘ulotlari 22 sentyabr kuni Ozarbayjonda boshlandi. Ular «Qizilgaya», «Qorabog‘lar» o‘quv markazlari va Kaspiy dengizidagi «Böyük-Zirə» poligonida o‘tkazilmoqda. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mashg‘ulotlarning asosiy maqsadlaridan biri maxsus operatsiyalarni o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashish hamda bo‘linmalarning o‘zaro hamkorligini takomillashtirishdan iborat.

Powered by Froala Editor