Biz juda xavfli bosqichda turibmiz — Jahon banki prezidenti

Iqtisodiyot

Isroil va HAMAS o'rtasidagi urush butun dunyo bo'ylab iqtisodiy taraqqiyotga "jiddiy" zarba berishi mumkin, dedi Jahon banki Prezidenti Ajay Banga.

Biz juda xavfli bosqichda turibmiz — Jahon banki prezidenti
Saudiya Arabistonida sarmoyadorlar konferensiyasida so‘zga chiqqan Banga shunday dedi: “Yaqinda Isroil va G‘azo sektorida sodir bo‘lgan voqea – oxir-oqibat, hammasini bir joyga to‘plaganingizda, menimcha, oqibatlari iqtisodiy rivojlanish uchun yanada jiddiyroq xavf bo‘ladi".

"Menimcha, biz juda xavfli bosqichda turibmiz", dedi u.

Urush allaqachon Isroil iqtisodiyotiga zarba berdi, bu esa Isroil bankining o'sish prognozlarini kamaytirishiga sabab bo'ldi va mojaro hozirgi chegaralardan tashqariga chiqib, mintaqaviy urushga aylanib ketishi mumkin. Bu butun dunyoda qo'rquvni kuchaytirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing