Bloomberg: AQSh banklari 2022-yilda rubl savdosidan milliardlab daromad olishdi
Iqtisodiyot
AQShning eng yirik banklari, jumladan, Goldman Sachs, Citigroup va JPMorgan 2022-yilda rubl savdosidan jami 6 milliard dollar foyda ko'rgan.
“Vali Analytics” moliyaviy tahlil kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, AQShning eng yirik banklari, jumladan, Goldman Sachs, Citigroup va JPMorgan 2022-yilda rubl savdosidan jami 6 milliard dollar foyda ko'rdi. Bloomberg ushbu sxema qanday kechganligini tushuntirib berdi.
Agentlik materialida misol keltirilishicha, 2022-yil 20-may kuni Qozog‘istondagi treyder Rossiya bankidan 10 million dollarni 59 rubldan sotib olib, dollarga 1 rubl qo‘shib, Uoll-stritdagi hamkasbiga sotishi va 169 ming dollar atrofida tez foyda olishi mumkin.
“Keyin Uoll-strit treyderi ularni xalqaro mijozga bir dollar uchun offshor narx 61,5 rublga sotadi”, deb yozadi Bloomberg.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Rossiyaga doʻst boʻlgan davlatlar orasida sxemada asosan Qozogʻiston va Armaniston banklari ishtirok etgan: Halyk Bank (2022-yilda rubl bilan valyuta operatsiyalaridan 373 million dollar daromad olgan), Jusan Bank (summa koʻrsatilmagan), Kaspi.kz (77 million dollar), Ameriabank (106,7 million dollar).
Ukrainada urush boshlangandan so‘ng Rossiyani tark etgan xorijiy kompaniyalar va investorlar o‘z rubllarini dollarga almashtirishga astoydil uringan. Bu esa valyuta savdogarlariga oson pul ishlash imkonini bergan. Ular dollarlarni chegirmali narxda sotib olib, keyin xaridorlarga yuqori narxda sotishgan.
Nashrning yozishicha, bu daromadning qancha qismi Uoll-strit banklaridan kelganini aniq aytish qiyin. 2022-yildan buyon Rossiyadan xorijga 43 milliard dollar jo‘natilib, uning asosiy qismi qo‘shni davlatlar, jumladan Qozog‘iston, Armaniston, Gruziya va Ozarbayjondagi bank hisob raqamlariga borib tushgan.

Powered by Froala Editor