BMB HOLDING Jizzaxdagi ko‘p funksiyali markazga 27,5 mlrd so‘m investitsiya kiritdi
Biznes
BMB HOLDING Jizzax shahrida savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va kelgusidagi ta’lim loyihalarini birlashtiruvchi yangi BMB BUSINESS MARKAZ ko‘p funksiyali majmuasini ishga tushirdi. Loyihaning umumiy qiymati 27,5 milliard so‘mni tashkil etdi va u to‘liq holdingning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.
Majmuaning tantanali ochilish marosimi 2026-yil 28-avgust kuni, O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda BMB HOLDING asoschisi Aziz Mamatqulov, Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi rahbari Bobur Umrzoqov hamda mehnat faxriysi Saidulla Shukurov ishtirok etdi.
Majmua Jizzax shahrining «Navro‘z» mahallasida, Sharof Rashidov ko‘chasi, 44A-uy manzilida joylashgan. Qurilish ishlari 2025-yil avgust oyida boshlangan va bir yildan so‘ng yakunlangan. Loyihaning bosh pudratchisi BMB High-Tech korxonasi bo‘ldi.
Besh qavatli bino yuqori tezlikdagi internet va Wi-Fi, videokuzatuv tizimlari, zamonaviy isitish va sovitish uskunalari bilan jihozlangan. Majmuada ikki tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega lift hamda 800 kvadrat metr maydondagi avtoturargoh mavjud.
Birinchi bosqichda binoning quyi qavatlarida BMB Market, SABER savdo belgisi ostidagi do‘konlar va Z BURGER tez tayyorlanadigan ovqatlanish tarmog‘i faoliyat boshladi.
Keyingi bosqichda ta’lim yo‘nalishini rivojlantirish rejalashtirilgan. Binoning yuqori qavatlarida zamonaviy o‘quv-ta’lim markazi va Book Cafe tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha yoshlar va hudud aholisi uchun yangi bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
BMB BUSINESS MARKAZ BMB HOLDINGning Jizzax shahrida zamonaviy tijorat va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi loyihalaridan biridir.

Powered by Froala Editor