BMT G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyaga ovoz beradi

Dunyo

BMT xavfsizlik kengashi 22-mart, juma kuni AQShning G'azo sektorida zudlik bilan o't ochishni to'xtatish to'g'risidagi rezolyutsiya loyihasi bo'yicha ovoz beradi. Bu haqda DPA xabar berdi.

BMT G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyaga ovoz beradi
AQSh taklif qilgan hujjat Vashington uchun siyosat yo’nalishi o'zgarishini bildiradi. 2023-yil oktabr oyidan beri Isroilning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan AQSh BMT Xavfsizlik Kengashida uch marta o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyalariga veto qo‘ydi. Biroq, G'azo sektorida tinch aholi qurbonlari soni ortib borayotgani va ocharchilik tahdidi fonida ular Isroilga bosimni kuchaytirmoqda, deya ta’kidlaydi DPA.

BMT rezolyutsiyasida birinchi marta AQSh loyihasi barcha terrorchilik harakatlarini, jumladan, 2023-yil 7-oktabrda HAMAS boshchiligidagi hujumlarni, shuningdek, garovga olish va qotillik, tinch aholini o‘ldirish va jinsiy zo‘ravonlikni, jumladan zo‘rlashni qoralamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing