BMT G‘azoni qayta tiklash narxini e’lon qildi
Dunyo
G‘azo sektori va Iordan daryosining G‘arbiy sohilida vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklash uchun kelgusi 10 yil ichida kamida 53,2 milliard dollar kerak bo‘ladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy harakatlardan ko‘rilgan zarar ulkan darajaga yetgan, gumanitar vaziyat esa og‘irligicha qolmoqda. Tashkilot tiklanish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga va falastinliklarga yordam berishda davom etishga tayyorligini bildirdi.
BMTning bosib olingan Falastin hududlaridagi gumanitar koordinatori Muhannad Hodi G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilga yetkazilgan zarar haqida oraliq hisobot taqdim etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, infratuzilmaning vayron bo‘lishi 29,9 milliard dollarga, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘qotishlar esa 19,1 milliard dollarga baholanmoqda. Asosiy xizmatlarni tiklash uchun yana 4 milliard dollardan ortiq mablag‘ kerak bo‘ladi.
BMT va uning hamkorlari gumanitar yordam ko‘rsatishni davom etadi. O‘t ochish to‘xtatilgandan beri G‘azoga 57 ming tonnadan ortiq oziq-ovqat, shuningdek, 550 tonna yem-xashak yetkazib berildi. Xon Yunusda 76 ming kishini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan uchta chuchuklashtirish uskunasi ta’mirlandi.
G‘azo shimolida BMTning Falastin qochqinlariga yordam berish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi so‘nggi ikki kun ichida 2500 ga yaqin chodirlarni tarqatdi. Har hafta 200 mingga yaqin kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, laboratoriyalar esa suv sifatini nazorat qilishda davom etadi.
BMTning ma’lum qilishicha, mintaqani tiklash nafaqat katta moliyaviy mablag‘larni, balki uzoq muddatli barqarorlik va hayotiy muhim resurslardan foydalanishni ta’minlash uchun xalqaro miqyosda koordinatsiyani ham talab qiladi.

Powered by Froala Editor