BMT Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharq bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Dunyo

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi vakili idorasiga ko'ra, Xavfsizlik Kengashining doimiy bo'lmagan “o'nta” a'zosi Falastin-Isroil mojarosi bo'yicha o'z rezolyutsiyasini ishlab chiqmoqda.

BMT Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharq bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
BMT Xavfsizlik kengashi bugun, 10-noyabr Falastin-Isroil mojarosi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda BMT Bosh kotibi vakilining ofisi ma’lum qildi.

Yaqin Sharqdagi vaziyat, jumladan Falastin masalasi mavzusidagi uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da (Toshkent vaqti bilan 11-noyabr soat 01:00) bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan oy BMT Xavfsizlik Kengashi Falastin-Isroil mojarosi bo‘yicha to‘rtta rezolyutsiya loyihasining birortasini ham qabul qila olmadi. Hozirda Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan "o‘nta" a’zosi o‘zlarining hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar, ular avvalgi rezolyutsiya loyihalari qoidalarini o‘z ichiga olishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing