BMTning G‘azo bo‘yicha sessiyasi 12-dekabr kuni o‘z ishini davom ettiradi
Dunyo
12-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining G‘azo sektori atrofidagi vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari maxsus sessiyasi o‘z ishini davom ettiradi. Bu haqda BMT Bosh Assambleyasi raisining rasmiy vakili Monika Greyli ma’lum qildi.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Prezidenti Dennis Frensis 2023-yil 12-dekabr, seshanba kuni soat 15:00 da Bosh Assambleyaning navbatdan tashqari 10-favqulodda sessiyasining 45-yalpi majlisini chaqirishi haqida aʼzo davlatlarga maʼlum qildi”, dedi Greyli.
Uning qayd etishicha, maxsus sessiyani qayta boshlash 8-dekabr kuni Misrning BMTdagi doimiy vakili Usama Mahmud Abdelxalek Mahmud, shuningdek, Mavritaniya doimiy vakili Sidi Muhammad Lagdaf tomonidan yuborilgan maktubda so‘ralgan. Doimiy vakillar mos ravishda BMTdagi Arab guruhi va Islom hamkorlik tashkiloti vakillaridir.

Powered by Froala Editor