Boku — Toshkent: ittifoqchilik Yevroosiyoning yangi geo-iqtisodiy tizimiga aylanmoqda
Dunyo
Ozarbayjon va O‘zbekiston munosabatlari klassik ikki tomonlama hamkorlik doirasidan chiqib, siyosiy, investitsiyaviy, transport, energetika va gumanitar yo‘nalishlarni birlashtirgan kengroq sheriklik modeliga aylanmoqda. Bu fikrni Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati Elchin Mirzabeyli O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusini tahlil qilar ekan, Oxu.Az nashriga bildirgan.
Uning ta’kidlashicha, Boku va Toshkent o‘rtasidagi siyosiy ishonch strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma hamda Oliy davlatlararo kengash kabi institutsional mexanizmlar bilan mustahkamlangan.
Iqtisodiy hamkorlik ham amaliy mazmun kasb etmoqda. 2025-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch baravardan ko‘proqqa oshib, $795 mlnni tashkil etdi. Mirzabeyli $500 mln kapitalga ega Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi va sanoat hamda qishloq xo‘jaligidagi qo‘shma loyihalarning ahamiyatini qayd etdi.
Energetika va transport yo‘nalishlari ham strategik ahamiyatga ega. Uning fikricha, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekistonning Green Corridor Alliance loyihasi yashil energetikani mintaqalararo uzatish uchun imkoniyat yaratadi. Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘l loyihasining O‘rta yo‘lak va TRIPP bilan integratsiyasi esa mintaqaning tranzit salohiyatini kengaytirishi mumkin.
Mirzabeyli Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlaridagi to‘laqonli ishtirokini ham alohida ta’kidladi. Uning fikricha, «S5» formatining «S6»ga aylanishi mintaqaviy hamkorlik ko‘lamining kengayayotganini ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor