Bokuda Belgiya mustamlakachiligi merosi va reparatsiyalar masalasi muhokama qilindi
Dunyo
Bokuda Boku tashabbus guruhi tomonidan tashkil etilgan «Belgiya mustamlakachiligining adolatsizligi va reparatsiyalar uchun 101 yillik kurash» mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Kongo Demokratik Respublikasi, Ruanda, Burundi, Marokash, Janubiy Afrika Respublikasi vakillari hamda BMT vakillari tarixiy mas’uliyat, reparatsiyalar va mustamlakachilik merosini saqlash masalalarini muhokama qildi.
Muhokamalarning markazida BMT tuzilmalari, jumladan, Inson huquqlari kengashi kun tartibiga Belgiyaning Kongo DR, Ruanda va Burundi xalqlaridan rasmiy uzr so‘rashi hamda kompensatsiya to‘lashi masalasini olib chiqish bo‘ldi. Shuningdek, reparatsiya va restitutsiya bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiluvchi xalqaro mexanizm yaratish imkoniyati muhokama qilindi.
Belgiya mustamlaka arxivlaridan to‘liq foydalanish, sobiq mustamlaka hududlari mutaxassislarini xalqaro ekspertlar bilan teng ravishda tadqiqot jarayonlariga jalb etish, shuningdek, inson qoldiqlari va tarixiy materiallarni kelib chiqish mamlakatlariga qaytarish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Boku tashabbus guruhining ijrochi direktori Abbos Abbosov moliyaviy kompensatsiyalar mustamlakachilik siyosati oqibatida halok bo‘lgan insonlarni qaytara olmasligini ta’kidladi.
«Reparatsiyalar faqat o‘tmishda boshdan kechirilgan azob-uqubatlar uchun moliyaviy kompensatsiya bilan cheklanmasligi kerak. Ular mustamlakachilikning saqlanib qolayotgan merosi va uning oqibatlarini bartaraf etishga ham xizmat qilishi lozim», — dedi u.
Kongo DR Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiyasi prezidenti Pol Nsapu Mukulu mustamlaka arxivlaridan to‘liq foydalanish zarurligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1925-yil 21-avgustda Ruanda-Urundi hududining Belgiya boshqaruvi ostidagi maqomini belgilagan qonun qabul qilingan.
Kongo DRning YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasining Yoshlar dasturlari bo‘yicha yordamchisi Ester Kile esa mustamlakachilik siyosatining oqibatlari mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida hanuz sezilayotganini bildirdi.

Powered by Froala Editor