Boltiq dengizida NATOning eng yirik dengiz mashqlari boshlandi

Dunyo

Bugun NATOning eng yirik Baltops 24 dengiz mashqlari boshlandi. Bu haqda “RIA Novosti” Polsha qurolli kuchlariga tayanib xabar bermoqda.

Boltiq dengizida NATOning eng yirik dengiz mashqlari boshlandi
"Bu yilgi Baltops 24 mashgʻulotlarida turli toifa va turdagi 50 dan ortiq kemalar, 45 ta vertolyot va samolyotlar, 9000 askar ishtirok etmoqda. NATOning Boltiq dengizi havzasidagi eng muhim dengiz mashqlari 5-iyun, chorshanba kuni Klaypedada (Litva) boshlanadi”, — deyiladi bayonotda.

Mashqlarda Shimoliy Atlantika alyansining 20 mamlakati ishtirok etadi: Belgiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Gretsiya, Ispaniya, Gollandiya, Litva, Latviya, Germaniya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Shvetsiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Italiya va AQSh. Tadbirlar Boltiq dengizi havzasi bo'ylab, shuningdek Shvetsiya, Polsha, Germaniya va Litvada quruqlikda o'tkaziladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing