Britaniya bosh vaziri Suriya aholisiga yordam berishga chorladi
Dunyo
Kir Starmer siyosiy yechim izlash va tinch aholini himoya qilishga chaqirdi.
Buyuk Britaniya Yaqin Sharqdagi hamkorlari bilan Suriyada yuz berayotgan misli ko‘rilmagan voqealar haqida siyosiy yechim izlash hamda tinch aholini himoya qilishga chaqirmoqda. Bu haqida Birlashgan Qirollik bosh vaziri Kir Starmer ma’lum qildi.
"So‘nggi soatlarda Suriyadagi vaziyatning rivoji misli ko‘rilmagan darajada, biz mintaqadagi hamkorlarimiz bilan muloqotdamiz va vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqdamiz", – deyiladi Britaniya hukumati rahbarining bayonotida.
"Suriya xalqi Assadning shafqatsiz rejimidan juda uzoq vaqt aziyat chekdi va biz uning hokimiyatdan ketganini olqishlaymiz", – deb qo‘shimcha qildi Starmer,
"Bizning hozirgi maqsadimiz siyosiy yechim ustun kelishini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni qayta tiklashdir. Biz barcha tomonlarni tinch aholini himoya qilishga hamda yaqin soatlarda va kunlarda eng zaif aholi qatlamlariga zarur yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqiramiz", – dedi Britaniya bosh vaziri.

Powered by Froala Editor