Britaniya muzeyida Samarqand xazinalari namoyish etiladi

Dunyo

Britaniya muzeyi tuyalar, ziravorlar va bozorlar haqidagi aqidalarni yo’qqa chiqarib, Samarqand xazinalarini ko’z-ko’z qiladi. VII asrga oid monumental devor rasmlari va VIII asrga oid fil suyagidan yasalgan shaxmat buyumlari ilk marotaba Britaniyada namoyish etiladi, deb xabar bermoqda The Guardian.

Britaniya muzeyida Samarqand xazinalari namoyish etiladi
Miloddan avvalgi 500-yildan 1000-yilgacha davrni o’z ichiga olgan "Ipak yo'li" ko'rgazmasi madaniyatlar va qit'alar o'rtasidagi aloqalar haqida so’zlab, Sharq va G'arb o'rtasidagi savdo-sotiqning bor ko’lamini namoyish etadi. 29 ta milliy va xalqaro muassasalardan 300 dan ortiq eksponatlar taqdim etiladi, ularning aksariyati Buyuk Britaniyada ilk marta ko’rsatiladi.

Qayd etilishicha, Samarqanddagi "Elchilar zali" dan olingan olti metrli devor rasmlari va Samarqandda qazib olingan qadimgi shaxmat buyumlari asosiy eksponatlar bo'ladi.

Ko'rgazmadan, shuningdek, Britaniya muzeyining turli bo'limlaridagi buyumlar, masalan, Suffolkda topilgan hind toshlari va Misrdan topilgan Xitoy kulolchilik buyumlari o’rin olgan.

"Ipak yo'li" ko’rgazmasi Britaniya muzeyida 2024-yil 26-sentyabrdan 2025-yil 23-fevralgacha o’tkaziladi.

Eslatib o’tamiz, 8–9-iyun kunlari London shahridagi eng mashhur dam olish maskanlaridan biri – Tauer bridj yonidagi xiyobonda "O'zbekiston madaniyati va milliy taomlari" festivali o'tkazildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing