Britaniya Norvegiyadagi harbiy kontingentini ikki baravar oshiradi

Dunyo

Buyuk Britaniya Arktika mintaqasidagi keskinlik fonida NATOning «Arktik qo‘riqchi» operatsiyasi doirasida Norvegiyadagi harbiylar sonini mingdan ikki ming nafargacha oshiradi.

Britaniya Norvegiyadagi harbiy kontingentini ikki baravar oshiradi
Buyuk Britaniya Arktika hududida Rossiya harbiy faolligining kuchayishiga javoban Norvegiyadagi harbiy kontingentini ikki baravar oshirishga qaror qildi. Bu haqda mudofaa vaziri Jon Xili Shimoliy qutb doirasidagi Shyold bazasiga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Norvegiyadagi britan harbiylari soni taxminan 1000 nafardan 2000 nafargacha oshiriladi. Qaror NATOning «Arktik qo‘riqchi» operatsiyasi doirasida qabul qilingan.

Shyold bazasi Buyuk Britaniya tomonidan 2023 yilda ochilgan. U Tromsø shahri yaqinida, Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiya chegaralari tutashgan hududda joylashgan.

So‘nggi yillarda Rossiya Arktikadagi harbiy ishtirokini kuchaytirib bormoqda. NATO davlatlari buni o‘z manfaatlariga tahdid sifatida baholab, mintaqada javob choralarini ko‘rmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing