Britaniyalik shifokorlar ichak saratoniga qarshi vaksinani muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazdilar
Dunyo
Buyuk Britaniyadagi Surrey Qirolicha universiteti tadqiqotchilari ichak saratoniga qarshi vaksinani Buyuk Britaniya va Avstraliyadagi bemorlarda sinab ko‘rdilar. Preparat ikki yil ichida keng qo‘llanilishi mumkin bo‘ladi, bu esa bemorlarning jarrohlik aralashuviga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi mumkin, deb xabar bermoqda “Daily Mail” gazetasi.
Davolash tartibi ikki hafta oralig'ida preparatning uch dozasini kiritishni o'z ichiga oladi. Shifokorlarning fikriga ko'ra, bu tananing immunitet tizimini saraton kasalligiga qarshi kurashish uchun "o'rgatish" ga ko’maklashadi. Sinov jarayoni muvaffaqiyatli tugasa, bu yondashuv o'simtani jarrohlik yo'li bilan olib tashlash zaruratining oldini olib, kelajakda saratonning qaytalanish xavfini kamaytiradi.
Shifokorlarning fikricha, vaksina 44 bemordan iborat guruhni 2- va 3-bosqichdagi saraton kasalligidan muvaffaqiyatli xalos qiladi. Hozirgi vaqtda saraton hujayralariga ta'sir qiluvchi dorilar mavjud, ammo ko'pchilik bemorlar ularni doimiy ravishda qabul qilishiga to’g’ri kelmoqda. Vaksina bemorlar uchun ancha samaraliroq va qulayroq bo'lishi kutilmoqda.
Tadqiqotchilar, sinov natijalari ijobiy yakun topgan taqdirda, preparat ikki yil ichida klinik foydalanish uchun litsenziyalanishi mumkinligiga ishonch bildirishmoqda.

Powered by Froala Editor